AsosiyJamiyat

"Afrosiyob – palas" mehmonxonasi qayta rekonstruksiya qilinadi

'"Afrosiyob – palas" mehmonxonasi qayta rekonstruksiya qilinadi'ning rasmi

"Afrosiyob – palas" mehmonxonasi DUKni rekonstruksiya qilish uchun to`g`ridan to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

"Huquqiy axborot" kanali xabariga ko`ra, rekonstruksiya bo`yicha loyihani investisiyalarni jalb qilgan holda "EXIM Investments Pte Ltd" xorijiy kompaniyasi (Singapur) amalga oshiradi.

Zamonaviy mehmonxona majmuasini tashkil etish maqsadida 2 yil ichida 12 mln dollar miqdorida investisiyalar jalb qilinishini hamda natijada respublikaning 100ga yaqin fuqarolari uchun ish joylari yaratilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar