1

Soxta harbiy xizmatchi qo`lga tushdi

Jinoyat 08.09.2018, 21:11
Soxta harbiy xizmatchi qo`lga tushdi

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumani "Mehnatobod" mahallasida yashovchi Farrux Cho`tboev yolg`on va`dalar bilan sodda odamlar ishonchiga kirib, hayot kechirishni “kasb” qilib olmoqchi bo`ldi.

Bu haqda Termiz tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi mahallada yashovchi Asliddin Zavqiev (ism-shariflar o`zgartirildi) ichki ishlar idorasiga qilgan murojaatida bildirgan. F.Cho`tboev Termiz shahridagi harbiy qismga ishga joylashtirishni va`da qilib, A.Zavqievdan naqd 8 million 803 ming so`m pulni olib, o`zlashtirib ketgan.

Aniqlanishicha, F.Cho`tboev o`tgan yili ham bu “hunari”ni ishga solib, Sariosiyo tumani Nurobod mahallasida yashovchi nafaqaxo`r Zuhra Shoimovani chuv tushirib ketgan ekan. U Z.Shoimovaga o`zini harbiy xizmatchi sifatida tanishtiradi va 65 yoshdagi momoga turli xarajatlar uchun pul kerak bo`layotganini aytib, buning evaziga keyinchalik farzandlarini harbiy qismga ishga joylashtirib qo`yishni va`da qiladi. Soxta harbiy xizmatchining bu gaplariga ishongan Z.Shoimova 2017 yil 10 oktyabrdan 18 dekabrgacha F.Cho`tboevga 1 ming 500 dollar va 1 million so`m pulni berib yuboradi.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda firibgarlik ko`chasiga kirib qolgan bu shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1