1

Qoidabuzarlik qilgan haydovchi pora berish vaqti qo`lga olindi

Jinoyat 10.09.2018, 11:49
Qoidabuzarlik qilgan haydovchi pora berish vaqti qo`lga olindi

Ushbu yilning 8 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi T.A. o`zining “Mersedes-Bens” rusumli avtomashinasida me`yoridan ortiq yo`lovchi olib, yo`lovchi tashish qoidalarini buzib, avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida “Qashqadaryo-Buxoro” yo`lining 172-km.da xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan to`xtatildi.

Haydovchi T.A.ga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda haydovchi ma`muriy bayonnoma yozmaslikni so`rab, evaziga xodimga 100 000 so`m pulni pora sifatida taklif qilgan.

Ushbu mablag`ni berayotgan vaqtda qoidabuzar haydovchi Buxoro viloyati ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir doirasida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ayni damda ushbu holat yuzasidan T.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1