AsosiyJamiyat

"O`zbektelekom" Facebook‘dagi uzilishlar bo`yicha rasmiy bayonot berdi

'"O`zbektelekom" Facebook‘dagi uzilishlar bo`yicha  rasmiy bayonot berdi'ning rasmi

“O`zbektelekom” AK bir necha kun mobaynida Facebook ijtimoiy tarmog`iga kirishda yuzaga kelgan muammolar yuzasidan o`z bayonotini berdi.

“Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Evropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda.

Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qo`yilganligi haqida ma`lumot paydo bo`ldi”, - deyiladi "O`zbektelekom" xabarida.

“O`zbektelekom“ AK ushbu xabarlarni inkor etdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “O`zbektelekom” AK ma`lumotlar uzatish tarmog`i muntazam ravishda ishlab turibdi.

    Boshqa yangiliklar