1

Uzun tumanida er rashk tufayli xotinini o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 11.09.2018, 16:23
Uzun tumanida er rashk tufayli xotinini o`ldirib qo`ydi

2018 yil 8 sentyabr kuni soat 07:30 larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Navro`z mahallasida yashovchi fuqaro U. (1976 yilda tug`ilgan erkak kishi) yashash uyida turmush o`rtog`i Q. (1981 yilda tug`ilgan ayol kishi) bilan rashk negizida o`zaro janjallashib, oshxona pichog`i bilan uning ko`krak qafasi sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan U. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1