AsosiyJamiyat

TIVda Germaniya Federativ Respublikasi elchisi bilan uchrashuv amalga oshirildi

2014 yilning 7 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va muhtor elchisi Naytxart Xyofer-Vassing bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Tadbir chog`ida tomonlar O`zbekiston-Germaniya munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi bo`lajak muloqotlarning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Suxbat chog`ida ba`zi mintaqaviy muammolar ham muxokama qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

    Boshqa yangiliklar