AQShning Pensilvaniya shtatida gaz quvuri portladi, deya xabar qildi Ren.tv nashri.
Shundan so`ng hududda alanga sodir bo`ldi. Voqea oqibatida qurbon bo`lganlar va tan jarohati olganlar haqida aniq xabarlar yo`q. Vaziyat o`ta jiddiy ekanligi tufayli atrofdagi barcha binolardan odamlar evakuvasiya qilingan. Polisiyaning ta`kidlashicha, ushbu voqea uchun mas`ul shirkatlar javobgarlikka tortiladi.