Somalida terrorchilar tomonidan yana bir portlash sodir etildi, deya ma`lum qilmoqda News.day.az nashri.
Oqibatda esa kamida 6 kishi hayotdan ko`z yumgan. Portlovchi qurilma avtomobilga o`rnatilgan va u odamlar bilan gavjum joyda harakatga keltirilgan. Mazkur voqea uchun javobgarlikni mahalliy Al-Shabaab guruhi o`z zimmasiga olmoqda. Ularning ma`lum qilishicha, Al-Shabaab mamlakatda o`z qoidalarini o`rnatmaguncha to`xtamaydi.






