AsosiyShou-biznes

Shoxrux Xon va Anupam Kxer ijrosidagi "Happy New Year" filmi namoyishiga oz qoldi

Bollivudning yorqin aktyorlari Shoxrux Xon va Anupam Kxer  ijrosidagi yangi "Happy New Year" filmining namoyishi 2014 yilning 23 oktyabrida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda, deya ma`lumot beradi bollywood.tj nashri.

“O`g`irlanmagan kelin” mashxur filmida ota va bola rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan har ikki aktyorning bu safargi duetlari ham ushbu filmning eng muvafaqiyatini ta`minlashi shubhasiz. Ushbu filmda Anupam Kxer epizodik rolni ijro etadi.

“Men Shoxrux Xon bilan birgalikda rol ijro etishdan mamnunman. Ushbu film namoyishini barcha kabi o`zim ham intiqlik bilan kutayapman” deydi Anupam Kxer ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida.

Fara Xon rejissyorligidagi ushbu film Red Chillies Entertainment tomonidan suratga olingan. Filmda iki mashxur aktyorlardan tashqari Dipika Padukon, Abxishek Bachchan, Boman Irani va Vivaan Shox kabilar ham qatnashishadi. 

    Boshqa yangiliklar