Salmon Xon: “Men hech kimga muhlis emasman, biroq Govindaning fanatiman!”
Inernet nashrlarida Salmon Xonning ana shu e`tirofi bilan bog`liq ma`lumotlar birin-ketin chop etilmoqda. Jurnalistlarga bergan intervyusida u o`z e`tirofini quyidagicha izohlaydi.
“Bir kuni Chichi (Govindaning yaqinlari, do`stlari uni shunday atashadi) bilan Marine Lines yonidagi mehmondorchilikka bordik. Mashinada o`tirgan chog`imiz, yonimizga bir to`da bolalar kelib, Chichiga bo`lmag`ur gaplarni gapira boshlashdi. Govindaning jahli chiqib, ularning ortidan borishimizni so`radi. Ancha yo`lgacha bolalarni ng ortidan bordik, shunda Chichi birdan “Senlarning onalaring, mening ham onam”, deb baqirdi. Yo`lida sobit ketayotgan bolalar birdan joylarida to`xtashdi va yonimizga kelib qilgan ishlari uchun uzr so`rashdi. Chiz birgalikda suxbatlashdik, raqsga tushdik, keyin esa mashinamizga o`tirib, yo`limizda davom etdik. Chichi bir og`iz so`z bilan o`sha bolalarda vatanga bo`lgan muhabbatni uyg`otdi nazarimda, shu sababli unga ihlosim baland. Men hech kimga muhlis emasman, biroq Govindaning chinakam fanatiman, uning mendanda buyukroq aktyor ekanini bilaman va buning uchun uni kechiraman (hazil)”...