Joriy yilning 12 sentyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Davlat kotibi, Prezident huzuridagi Ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdikalikova boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyurdi.
Gulshara Naushaeva boshchilik qilayotgan delegasiya tarkibiga Qozog`iston Respublikasi Parlament Majlisining deputat ayollari, Qozog`iston ayollar ittifoqi – Qozog`iston tadbirkorlari jamoatchilik birlashmasi, Qozog`iston Madaniyat va sport vazirligi turizm sanoati qo`mitasi vakillari hamda mamlakatning turli sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan ishbilarmon ayollar kirgan.
Barchaga ma`lumki, bu ikki davlat hamkorligi 1998 yilda Toshkentda imzolangan O`zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi o`rtasida Abadiy do`stlik to`g`risidagi shartnoma, 2013 yilda poytaxtimizda imzolangan O`zbekiston Respublikasi bilan Qozog`iston Respublikasi o`rtasida Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma asosida taraqqiy etib bormoqda.
Qozog`iston Ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi delegasiyasining mamlakatimizga tashrifi mazkur hamkorlikni ayollar o`rtasida rivojlantirish yo`lida muhim qadam bo`ldi.
Ushbu tashrif doirasi ikki davlat ishbilarmon ayollari o`rtasida ilk bor Biznes-forum hamda qo`shma kooparasion birja tashkil etilmoqda.
Biznes-forum ayollarning ishbilarmonlik mavqelariga munosib baho berish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarga birgalikda echim topish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo`yicha fikr va tajriba almashish borasida muhim ahamiyatga ega. Biznes-forum O`zbekiston va Qozog`iston ayollariga bir-biri bilan yaqindan tanishish, tadbirkorlik sohasidagi innovasion yangiliklar bilan o`rtoqlashish hamda biznesni yuritish bo`yicha ko`nikmalar almashish imkonini beradi. Buning uchun ishtirokchilarga barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.
O`tkaziladigan kooperasion birja esa ana shunday muzokaralar samarasi o`laroq yuzaga kelgan hamkorliklar bo`yicha shartnomalar imzolash imkonini beradi.
Tadbir doirasida O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi hamda Qozog`iston Prezidenti huzuridagi ayollar va oilaviy-demografik siyosat ishlari bo`yicha Milliy komissiya o`rtasida hamkorlik memorandumini imzolanadi.
Memorandum tomonlar o`rtasida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko`mak berish, ikki davlat o`rtasidagi do`stona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida imzolanmoqda.
Qozog`iston delegasiyasi tashrifi davomida poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarida va Samarqand shahrida bo`ladi.