Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan “Toshkent yuk tushirish hovlisi” hududida 7 oktyabrdan 8 oktyabrga o`tar kechasi yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.
O`t o`chiruvchilar guruhi tomonidan ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yong`in to`liq bartaraf etildi. Ma`lumotlarga ko`ra, yuk omborxonasida tez yonuvchi moddalar bo`lgan.
Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi.





