1

Buxoroda yigit o`z sevgilisiga suiqasd qildi

Jinoyat 14.09.2018, 20:40
Buxoroda yigit o`z sevgilisiga suiqasd qildi

Rashk tufayli suyukli yorining hayotiga suiqasd qilish hech aqlga sig`maydigan ish.

Mehr-muhabbat – tiriklikning borligi, davomiyligini ta`minlovchi bebaho tuyg`u. Uni har yurakda yangidan tug`iladi, deb bejiz aytishmaydi. Chunki bu tuyg`u har kimda har xil kechadi. Ayniqsa, yigitlarning muhabbat izhori ham turlicha. Kimdir sevgilisining quchog`ini gulga, quvonchga to`ldirsa, ba`zilari esa...

Gap shundaki, Buxoro viloyatining Vobkent tumani Imomqozixon qishlog`ida yashovchi B. ismli yigit hamqishlog`i N. ismli qiz bilan bir-biriga ko`ngil qo`ygan edi.

Bundan xabar topgan qizning ota-onasi qizini shu yigitga berishga ro`yixushlik bermaydi. G`azablangan yigit esa qiz bilan uchrashib, unga bor zahrini socha boshlaydi. O`zaro janjal yigitning qiz ko`ksiga pichoq urishi bilan yakun topdi.

– Ushbu jinoyat ishiga oid sud jarayonida sudlanuvchi ushbu qotillikni amalga oshirish uchun zimdan tayyorgarlik ko`rgani ma`lum bo`ldi, – deydi Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyati sudi sudyasi Zavqiy Qurbonov. – Qiz bilan uchrashish uchun yo`lga chiqar ekan, u o`zi bilan pichoq oladi. Qizning ota-onasi uni boshqa kishiga turmushga berishini o`ylagan yigitning ko`zi qonga to`lgandi. Yo`l-yo`lakay yigit qizning otasiga qo`ng`iroq qilib, shu kuni bir voqea sodir bo`lishini, uning tafsilotlari haqida kechqurun xabar topishini bildiradi. Bu harakati bilan u rejalashtirgan jinoyatiga ishora qilgan.

Qiz deyarli to`rt yil sevishgan yigitining oldiga kelar ekan, uni eru ko`kka ishonmagan odamdan aslo shubha qilmagan. Biroq yigit uchrashuvga kelgan qizning chap qo`lining elka qismiga jami etti marotaba hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari etkazgan. Voqea joyiga qizning otasi tomonidan yuborilgan tog`asi va amakisi etib kelgan.

Yigit qasddan odam o`ldirish jinoyatini o`ziga bog`liq bo`lmagan holda oxiriga etkaza olmay, hodisa joyidan yashirinadi, deb yozmoqda O`zA.

Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyati sudining hukmiga ko`ra, sudlanuvchi B. Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1