1

Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi

Jinoyat 14.09.2018, 20:46
Samarqandda kaltaklangan fuqaro kasalxonada vafot etdi

2018 yil 9 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida yashovchilar O.X. va Yo.M. “Ergashxon” xususiy korxonasi hududida o`zaro janjal sabab Mundiyon qishlog`ida yashagan M.A.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazganlar.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada M.A. sog`lig`i yomonlashib kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 13 sentyabr kuni vafot etgan. O.X. va Yo.M. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1