AQShning Nyu-York shahrida 2019 yil bahor mavsumiga mo`ljallangan moda haftaligi bo`lib o`tmoqda, deb xabar bermoqda Topnews.ru nashri.
Unda dunyoning bir qator mamlakatlaridan kelgan moda sanoatining yirik vakillari o`z kolleksiyalari bilan ishtirok etishmoqda. Liboslar namoyishida kelgusi yilda urfga kirishi kutilayotgan yangiliklarni ko`rish mumkin. Ularning aksariyati 70-80 yillar uslubida yaratilgan.






