Shveysariyaning Jeneva shahrida Eron, Turkiya, Rossiya va BMTning maxsus vakili ishtirokida Suriya masalasi bo`yicha muzokaralar bo`lib o`tdi, deb xabar berdi Eg.ru nashri.
Bir necha soat davom etgan muzokaralar chog`ida taraflar Suriyadagi zo`ravonlikni to`xtatish va gumanitar vaziyatni yaxshilash hamda urushga barham berish yuzasidan o`z takliflarini berishgan. Bundan avval esa BMTning maxsus vakili shu masala bo`yicha Fransiya, Iordaniya, Buyuk Britaniya, va Germaniya bilan yig`ilish o`tkazgan.






