AQShning Kolorado shtatida do`konga o`g`rilik maqsadida kirgan qurollangan shaxs kassa oldiga yaqinlashganida qurol o`qtalish maqsaddida uni cho`ntagidan chiqardi, deya xabar qilmoqda M24.ru nashri.
Ammo tasodifan qurolni peshtaxta orqasiga tushirib yuborganidan so`ng qochishga majbur bo`lgan. Ushbu voqea do`kon kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Do`kon xodimi esa qurolni polisiyaga topshirdi. Bu orqali esa jinoyatchini osongina topish mumkin.






