O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jurnalistlar o`rtasida “Inson huquqlari jurnalist nigohida” mavzuidagi ijodiy tanlovni e`lon qiladi.
Tanlov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko`magida o`tkaziladi.
Tanlov shartlari
Tanlovga 2014 yilning 1 yanvaridan 1 dekabriga qadar respublika bosma ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida e`lon qilingan, Inson huquqlari bo`yicha umumjahon deklarasiyasi, mamlakatimizda inson haq-huquqlarini ta`minlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ularning amal qilishi, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta`minlash, shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yoshlarning demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishda faol ishtirok etishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sharoit yaratishga qaratilgan mavzulardagi axborot-tahliliy, publisistik va foto materiallar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etilgan materiallar mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bosma ommaviy axborot vositalari, internet nashrlarda chop etilgan bo`lishi zarur. Materiallar o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida taqdim etilishi mumkin. E`lon qilingan materiallar, fotoreportajlar bosma va internet nashri aniq ko`rsatilgan, elektron va bosma nusxada bo`lishi lozim. Ijodiy ishlarga muallif to`g`risida ma`lumotlar (familiyasi, ismi, professional faoliyati to`g`risida qisqacha ma`lumot, pasport nusxasi) ilova qilinadi.
Tanlov g`oliblariga mukofotlar
G`oliblar diplom va qimmatli sovg`alar (televizor, noutbuk, planshet) bilan taqdirlanadi.
Materiallar “Inson huquqlari jurnalist nigohida” mavzuidagi ijodiy tanlovga” degan qayd bilan O`zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga 2014 yil 10 dekabrga qadar quyidagi manzilga jo`natiladi:
Toshkent shahri – 100129, Navoiy ko`chasi 30-uy, 3-qavat, 5-xona.
Telefon/faks: 244-14-28, 244-12-51/
Web: www.mmf.uz
e-mail: fonduz@umail.uz, mmf.uz@mail.ru





