O`zbekiston Respublikasi IIV Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko`ra, 2018 yilning 13 sentyabr kuni Namangan viloyatining Namangan shahar «Yangi tong» mahalla fuqarolar yig`ini 5a-kichik tumanida joylashgan 4-qavatli 19-uyning 3-qavatida joylashgan 35-xonadonda elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lgan.
Uyning 20 kv.m. maydonda pol qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`inni o`chirish vaqtida yong`in xavfsizligi xodimlari tomonidan maxsus texnika yordamida 4-qavatda joylashgan 4 ta xonadondan 12 nafar shaxs qutqarib qolindi. Qutqarilgan shaxslardan bir nafari nogiron, bir nafari chaqaloq va to`qqiz nafari ayollar bo`lgan.






