1

Boysun tumani hokimi o`rinbosari 100 dollar pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 16.09.2018, 17:00
Boysun tumani hokimi o`rinbosari 100 dollar pora bilan qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Boysun tuman bo`limi xodimlari tomonidan tuman prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolar J.S va X.P.larning arizasi yuzasidan Boysun tumani Rabot massivida o`tkazilgan tezkor tadbirda, tuman kadastr bo`limi mutaxassisi S.A., fuqaro J.S.dan, uning qarindoshi X.P.ning nomiga qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish va bog`dorchilikka mo`ljallangan 0,30 ga lalmi er uchastkasi ajratib berish evaziga 30 mln. so`m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida S.A. er ajratish bo`yicha hujjatlarni tuman hokimiga imzolatishi uchun hokimning qishloq va suv xo`jaligi bo`yicha o`rinbosari
M.Sh.ga 100 AQSh dollari berishi kerakligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, jinoyatini fosh etishda faol ishtirok etishini ma`lum qiladi.

Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining qishloq va suv xo`jaligi bo`yicha o`rinbosari M.Sh., tuman kadastr bo`limi mutaxassisi S.A.dan 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1