AsosiyJamiyat

​Deputatlar tomonidan "Oilaparvarlar" jamoatchilik guruhi tuzildi

'​Deputatlar tomonidan "Oilaparvarlar" jamoatchilik guruhi tuzildi'ning rasmi

Barchaga ma`lumki, bugun davlatimiz olib borayotgan siyosatning ustuvor vazifalaridan bshlmish oilalar farovonligi yo`lida ko`plab hayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Bunga arzon uylar, oilaviy tadbirkorliklar uchun yaratilgan qulayliklar, yosh oilalarni qo`llab-quvvatlovchi bir necha dasturlar misol bo`la oladi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining ma`lumotlaridan ham kuzatishimiz mumkin bo`lgan achinarli holat bu inson huquqiga, uning sha`niga va hayotiga dahl qilayotgan vaziyatlar ham asosan oilada sodir etilayotgani insonni chuqur mulohazaga chaqiradi. Shu kabi muammolarni o`rganish va echimni topish maqsadida O`zbekiston “Adolat” SDP Sergeli tumani Kengashi va Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi depuatatlari Mirlaziz Saidov, Ravshan Gulamov, Ikrom Babaxanov hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Farhod Abdullaev bilan hamkorlikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o`tkazilmoqda.

Uchrashuvlardan maqsad aholini qiynayotgan muammolarni o`rganish, muammolarni qonun doirasida bartaraf etish va ularni oldini olish. Toshkent shahar Yashnobod tumani “Vatandosh” va “Tong” MFY aholisi bilan deputat Farhod Abdullaevning navbatdagi uchrashuvida jamoatchi “Oilparvarlar” guruhini tuzish yuzasidan kelishib olindi. Hududdagi har bir ko`p qavatli uylardan bittadan faol namunali, ko`pni ko`rgan tajribali onaxonlardan saylanib, o`zi yashab turgan uydagi aynan oilaviy mojoro va muammolarni aniqlab ajralishlarni, jiddiy janjallarni oldini olish va bartarf etish bo`yicha takliflar berish va shu maqsad yo`lidagi mexanzmni ishlab chiqishga kelishib olindi. Yig`ilish ishtirokchilaridan turli fikr va takliflar olindi. Eng asosiysi uchrashuvga kelgan barcha insonlarni oilani saqlashdek ezgu maqsad yo`lida birlashtirishga erishildi. Ammo bu ishlarning ilk qadamlari hali oldinda bu niyatni amaliyotga tadbiq etishdek mushkul va mas`uliyatli vazifani uddalash turganini hisobga olsak yanada ko`proq ishlashimiz kerakligini his qilamiz.

    Boshqa yangiliklar