Shu kunlarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi PQ-3271-sonli Qarori qabul qilinganiga roppa-rosa bir yil bo`ldi.
Shu munosabat bilan “O`zbekiston” telekanalining “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar, noshirlik va matbaachilik sohasidagi muammo va kamchiliklarga bag`ishlandi.
Ko`rsatuvga O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi vakillari, agentliklik tizimidagi nashriyot vakillari, jumladan, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Bosh muharriri Azimboy Boboniyozov, yozuvchi va publisist Qo`chqor Norqobil, soha mutaxassislari taklif etildi.
Ko`rsatuv davomida soha mutaxassislari kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirishning bugungi kundagi muammo va echimlari, kitobxonlik madaniyatini oshirishning turli chora-tadbirlari borasida o`rtaga fikr tashlab, o`z munosabatlarini bildirdilar.
Ko`rsatuv to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilib, o`ta qizg`in ruhda bo`lib o`tdi.
O`zMAA “O`zbekiston” NMIU
Matbuot xizmati






