Fransiyaning Reunion orolida la Fournaise vulqonni harakatga keldi, deb xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Vulqon aholi punktidan uncha uzoq bo`lmagan tog`li hududda uyg`ongan. Portlash oqibatida undan 200 metr balandlikacha lava otilib chiqmoqda. Ushbu hodisa odamlarni havotirga solish o`rniga ularning qiziqishiga sabab bo`ldi. Ya`ni mahalliy aholi vakillari va ayniqsa, sayyohlar har kuni tunda lavali favvorani tomosha qilish uchun hududga kelishmoqda.






