Turkiyada Kumluja shahri yaqinida o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda, deya ma`lum qilmoqda Ren.tv nashri.
Reuters axborot agentligi bergan ma`lumotlarga ko`ra, hozirgacha 40 gektar maydon alanga ichida qolgan. Bu maydondagi o`simlik va daraxtlar kulga aylanib bormoqda. Vertolyotdan olingan tasvirlarda olovdan quyuq tutun chiqayotganini ko`rish mumkin. Bu esa yaqin atrofda istiqomat qiluvchi insonlar salomatligi uchun xavfli. O`t o`chiruvchilar vaziyatni nazorat qilishga urinishmoqda. Biroq hozircha buning uddasidan chiqisholmayapti.






