AsosiyJamiyat

MDH TIV kengashi jahon hamjamiyatiga murojaat loyihasini qabul qildi

Belorusiya poytaxtida payshanba kuni MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar beradi. Tadbirning rasmiy qism yakunida MDH tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Hamdo`stlik davlatlari rahbarlarining jahon hamjamiyatiga murojaati loyihasi qabul qilinganligini qayd etdi.

«Biz MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig`ilishini o`tkazdik. Yig`ilish juda va juda samarali, konstruktiv, do`stona ruhda bo`lib o`tdi. Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilindi va ular 24 tadan kam emasdi. Har bir masala bo`yicha aniq qarorlar qabul qilindi”, - deydi Makey yig`ilish yakuniga bag`ishlangan matbuot anjumanida.

«Bugungi yig`ilish Minskda bugun va ertaga bo`lib o`tadigan ikki kunlik integrasion forumni boshlab beradi. MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig`ilishiga to`xtaladigan bo`lsak, bir qator MDH va MDH davlatlari fuqarolari hamda xalqiga oid muhim masalalarni muhokama qildik. O`ylaymanki, eng muhim masalalardan biri MDH davlatlari rahbarlarining Hamdo`stlik mamlakatlari xalqi hamda xalqaro jamoatchilikka murojaati loyihasining qabul qilinganligi bo`ldi”, - deya ta`kidladi Makey.

    Boshqa yangiliklar