1

O`quvchining o`limiga sabab bo`lgan haydovchi javobgarlikka tortildi​

Jinoyat 20.09.2018, 11:19
O`quvchining o`limiga sabab bo`lgan haydovchi javobgarlikka tortildi​

13 sentyabr kuni Olmazor tumani Nurafshon ko`chasida Yo`l-transport hodisasi oqibatida 14 yashar maktab o`quvchisi vafot etdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

119-maktabning qarshisida joylashgan piyodalar chorrahasida "Spark" haydovchisi 24 yoshli Ziyodulla X. svetoforning taqiqlovchi chirog`iga to`xtatmasdan undan o`tib ketayotgan Shaxriyor A.ni urib ketadi.

Shifokorlarning sa`y-harakatlariga qaramay Shaxriyor vafot etdi.

"Spark" haydovchisiga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1