1

Farg`onada soxta aviakassa ochgan firibgarlar fosh etildi

Jinoyat 20.09.2018, 14:18
Farg`onada soxta aviakassa ochgan firibgarlar fosh etildi

Farg`ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi J.Saidov va A.Ahmedov o`tgan yilning fevral oyida aviakassa faoliyatini ochib, birgalikda yuritishga qaror qilishdi. Ammo ular bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma va lisenziya olishni xayoliga ham keltirmadi.

Farg`ona shahar "Saylgoh" ko`chasidagi uyga joylashib, aviakompaniya bilan shartnomaga ega bo`lmagan holda yuzdan ortiq odamlarni aldashdi. Haqiqatda mavjud bo`lmagan aviachiptalarni rasmiylashtirib, o`zgalarning mablag`laridan shaxsiy manfaatlari yo`lida foydalanishgan. Toshloq va Oltiariq tumanida yashovchi Zarina va Nigina (ismlari o`zgartirilgan) ismli qizlarga aviakassada ishlashni taklif etishgan. Vaholanki, ular soxta aviakassada ishlayotganini payqashmadi ham.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`limiga kelib tushgan arizalar asosida jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borildi. Dastlabki, tergov va sud tergovi jarayonida J.Saidov va A.Ahmedovlar tomonidan fuqarolarga 208 million so`mdan ortiq miqdordagi moddiy zarar to`liq qoplangan. Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudi ularga tegishli jazoni tayinladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1