AsosiyJamiyat

2015 yildan Toshkentdagi mahallalar ichki ko`chalari betonlanadi

Kelasi yildan Toshkentdagi mahalla va ko`p xonadonli uylar hovlisidagi ko`chalar betonlana boshlaydi. Bu haqda Mirobod tumani hokimi Sharofiddin Qodirovga tayanib «Podrobno» ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, asfaltdan betonga o`tish bir nechta omillarga asoslanadi: birinchidan, ko`chalarni betonlash narx bo`yicha asfaltlashdan ancha arzonga tushadi; ikkinchidan, bunday qoplama chidamliroqdir.

Shu maqsad yo`lida poytaxtdagi har bir tuman uchun maxsus texnika sotib olinadi. Mahallalar ichidagi ko`chalarni ta`mirlash ishlari 2015 yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar