Velosiped ekologik bezarar, salomatlik uchun koni foyda transport vositasi bo`lganligi sababli, undan foydalanuvchilar soni tobora ortib bormoqda. Unga yoqilg`i ham talab etilmaydi. Shu va shu kabi masalalar O`zbekiston Ekologik harakati NNO hamda OBSE loyixalari koordinatori ofisi tomonidan tashkillashtirilgan doira stolida ko`rib chiqildi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.
Ekologik harakat deputatlik guruhi vakillari velospoht infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, uni ijaraga berish bilan bog`liq masalalar, havfsizligi, shaharda velosipedlar uchun alohida yo`laklarni yaratish borasidagi loyihalarni ishlab chiqish borasida taklif kiritishdi.
Velotransportning tobora rivojlanib borayotganini biz an`anaviy ravishda o`tkazib kelinayotgan velmarafonlar orqali ham ko`rishimiz mumkin. 2014 yilning sentyabr oyida Toshkentda 200 kishi ishtirokida ana shunday maroafon bo`lib o`tdi.





