Fransiyaning Parij shahri ko`chalari nodavlat tashkilotlar tomonidan qurib olinayotgan qochoqlar lagerlari bilan to`lib bormoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ayniqsa o`tgan haftadan buyon vaziyat yanada yomonlashgan. Hukumat esa Parijning ifloslanishi sayyohlar oqimiga salbiy ta`sir ko`rsatayotganidan xavotirda. Ayniqsa shahar chekkalari chiqindixonaga aylanib bormoqda. “ Meni ishim ham uyim xam yo`q. Shuning uchun chodirda yashashga majburman. Men bilan yashaydigan do`stlarim Efiopiya, Sudan fuqarolaridir. Biz fransuz tilini bilmaymiz. Ammo Parijni yaxshi ko`ramiz” dedi muhojirlardan biri.






