1

“O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali rahbari 40 ming dollar bilan ushlandi

Jinoyat 25.09.2018, 21:13
“O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali rahbari 40 ming dollar bilan ushlandi

Samarqand viloyati prokuraturasining xabar berishicha, 2018 yil 22 sentyabr kuni “O`zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali direktori Sh.Umarov fuqaro U.Yoqubovga filial hududidan savdo do`koni va maishiy xizmat ko`rsatish shoxobchasi qurish uchun er maydoni ajratib berishini aytib, firibgarlik yo`li bilan undan 40 ming dollarni olayotgan vaqtda qo`lga olingan.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi va 211-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Umarovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1