1

Qo`qonda Dubayga qiz sotgan qo`shmachi ayolga hukm o`qildi

Jinoyat 26.09.2018, 11:04
Qo`qonda Dubayga qiz sotgan qo`shmachi ayolga hukm o`qildi

2018 yil 5 iyun kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyati Qo`qon shahar sudi binosi ochiq sud majlisida Gulnora Jo`raevaga oid jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Sudlanuvchi qizlarni Dubayga fohishalik bilan shug`ullantirish maqsadida sotgan.

Chegaradan o`tish muammo emas?!

Odam savdosini o`ziga kasb qilgan ayol asli Farg`ona viloyatining Qo`qon shahridan bo`lib, oilasidan ajrashgan. Bir farzandi bor. Vaqtincha ishsiz. Muqaddam sudlangan.

Gulnora Jo`raeva bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, jinoiy guruh tuzadi. Guruh a`zolari K.Allaberganova va J.Ortiqova qizlarni topish, yollash va xorijga sotish bilan shug`ullangan. Jinoiy rejaga ko`ra, J.Ortiqova Qo`qon shahrida moddiy tomondan qiynalgan ayollarni aniqlash, ularni fohishalik qilish uchun xorijga borishga qiziqtirish, chet elga yuborish kabi vazifalarni bajargan. K.Allaberganova va G.Jo`raeva esa jinoiy sheriklari topgan qizlarni xorijga chiqarish xarajatlarini ta`minlashgan.

2016 yil mart oyida J.Ortiqova Qo`qon shahrida moddiy jihatdan qiynalgan fuqarolar R.Karimova, K.Ismoilova va L.Usmonovalarni tuzoqqa tushirib, ularni Dubay shahrida fohishalik bilan shug`ullanib pul topishga qiziqtiradi va qizlarning rasmini jinoiy sheriklariga yuboradi. Qizlar ma`qullangach, G.Jo`raeva va K.Allaberganova yo`l xarajatlarini to`lab berishadi. Dubayga etib kelgan qizlarni shaxsan G.Jo`raevaning o`zi kutib oladi. So`ng qizlar nima maqsadda kelganliklari tushuntirilib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) olib qo`yiladi.

Keyinroq R.Karimova Turkiya davlati orqali O`zbekistonga qaytib kelgan. K.Ismoilova Rossiya Federasiyasiga o`tib, u erdagi O`zbekiston Respublikasining elchixonasi orqali vatanga qaytgan. Faqatgina L.Usmonova hozirgi kunga qadar chet davlatda ishlab yurgani aniqlangan.

«Hammasi Niginaning ishi»

Sudda sudlanuvchi G.Jo`raeva qanday qilib odam savdosi bilan shug`ullana boshlagani haqida ko`rsatma berdi:

  • 2015 yil dekabr oyida ishlash maqsadida Dubay shahriga bordim. U erda samarqandlik Nigina ismli ayol bilan tanishib qoldim. Bir muddat Niginaning xonadonida uy tozalovchi vazifasida ishlab yurdim. Har uch oyda bir marta O`zbekistonga kirish-chiqish muhrini bostirish uchun kelib-ketib turdim. Yo`l xarajati uchun Niginadan qarz olgandim. Keyinroq hisoblab ko`rsam, qarzim 45 000 000 so`m bo`libdi. Nigina Dubayda qizlarni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilish orqali pul topishini aytib, menga ham sherik bo`lishni taklif qildi. Ya`ni, men O`zbekistondan qiz topib, unga etkazishim kerak edi. Xullas, o`zaro kelishuvimizga ko`ra, men qiz topadigan u esa qarzidan voz kechadigan bo`ldi.
  • Qizlar erkaklarning ko`nglini ovlash uchun «tochka»larga tarqatilgan mahali men uy ishlari bilan shug`ullanar edim. Qizlarning kiyimlarini yuvardim, ovqat tayyorlardim. Qizlarni topib berganim uchun Nigina qarzimdan voz kechishga va`da bergandi. Ammo bunday bo`lmadi.
  • Tanishim L.Usmonova Dubayga fohishalik bilan shug`ullanish uchun ketayotganini aytib, «Men bilan yur, pul ishlab kelasan», dedi. Men vizam yo`qligini aytdim. Lobar, Jamila ismli tanishi o`zining uy ro`yxatiga qo`yib, viza olishda yordam berishini ma`lum qildi. Biz Jamila opa bilan uchrashdik. U kerakli hujjatlarni tayyorladi, hatto samolyot chiptasini ham olib berdi. Biz Lobar va yana Komila ismli qiz bilan Dubayga uchib keldik. Bizni Nigina va Gulnora ismli ayollar kutib olishdi va Sharjadagi xonadonga olib borishdi. Ertasiga Nigina pasportlarimizni olib qo`ydi. O`rniga soxta pasport tayyorlatdi. So`ng har birimiz uchun 3 000 AQSh dollaridan xarajat qilingani aytilib, qarzni ishlab, to`lab berishimiz kerakligi tushuntirildi. Nigina bizni tungi klublar, “Siti–otel”dagi qo`shmaxonada fohishalik bilan shug`ullanishga majburlardi. Bir kunda 4-5 erkak bilan jinsiy aloqa qilishga majbur bo`lgan paytlarim ham bo`ldi. Ammo bu uzoq davom etmadi. Xastalanib qoldim. Niginadan qarzimni uzganimdan so`ng u pasportimni qaytarib berdi va men Turkiyaning Istanbul shahriga yo`l oldim. U erda ham o`z xohishim bilan fohishalik bilan shug`ullandim. Bu orada ozarboyjon millatiga mansub yigit bilan tanishib qoldim. Biz shar`iy nikoh o`qitib yashay boshladik. 2017 yil 31 martga qadar oilali ayol edim. So`ng Moskvaga borib, tikuvchilik sexiga ishga joylashdim. 2017 yil sentyabr oyida Qo`qonga qaytib keldim.

Nigina bilan bo`lib o`tgan suhbatdan so`ng men Qo`qondagi qo`shnim Jamila Ortiqovaga qo`ng`iroq qilib, vaziyatni tushuntirdim. Qiz topib bersa, uni ham quruq qo`ymasligimni aytdim. Oradan ikki oy o`tib, Jamila qo`ng`iroq qildi va ishga joylashmoqchi bo`lgan uch qiz haqida so`zlab berdi. Men ularning rasmini jo`natishini tayinlandim. Niginaga qizlar ma`qul bo`ldi. U «Kelaverishsin, samolyot uchun pul jo`nataman», dedi.

Bir necha kun o`tib, biz qizlarni aeroportda kutib oldik va ularni Niginaning uyiga olib bordik. Ertasiga Nigina qizlarning pasportini olib qo`ydi. So`ng barchasini go`zallik saloniga olib bordi. Kech tushgach esa fohishalik bilan shug`ullanish uchun tungi klublarga tarqatdi.

Qo`qonda qizlarni topish va chet davlatga jo`natish bilan shug`ullangan J.Ortiqova «xolis» xizmati uchun Niginadan 500 AQSh dollari miqdorida «gonorar» olib turgan.

Nima uchun ketayotganini bilgan

Sudda jarblanuvchi sifatida ishtirok etgan R.Karimova asli nima maqsadda Dubayga ketayotganini bilgan. Buni uning suddagi ko`rsatmasi ham isbotlaydi:

Hukm o`qildi

Qizlarni xorijga sotgan va fohishalikka majburlagan Gulnora Jo`raeva JKning 135-moddasi, 2 qismi, “b”, “d”, “e”, “z”, “i” bandlari va 28, 223-moddasi, 2 qismi, “b”, “v” bandlari bilan aybli deb topildi. Unga hozirda o`talmagan ozodlikdan mahrum qilish jazosini yangi tayinlangan jazoga qisman qo`shib, uzil-kesil o`tash uchun 5 (besh) yil 6(olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati hamda jinoyat ishlari bo`yicha

Farg`ona viloyati Qo`qon shahar sudi sudyasi Elyor Hakimov bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1