Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan Buxoro shahri I.Mo`minov ko`chasida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi Shirinov Husanboy Hamid o`g`li tekin boylik orttirish maqsadida o`z uyida Romitan tumanida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan Sh.T. va G`ijduvon tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan B.N.larning o`zaro jinsiy munosabatda bo`lishi uchun alohida joy va sharoit yaratib beradi.
Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qildi.Buning evaziga Sh.Tdan 60 ming so`m miqdoridagi naqd pullarni olib, fohishaxona tashkil qilish jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Shirinov Husanboy Hamid o`g`liga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






