AsosiyDunyo

Irlandiyalik 67 yoshli Mayk Kelli samolyot modellarini yig`adi

'Irlandiyalik 67 yoshli Mayk Kelli samolyot modellarini yig`adi'ning rasmi

Irlandiyalik 67 yoshli Mayk Kelli yarim asrdan beri samolyot moddellarini yig`adi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

U hozirda aviasiya sohasidagi dunyodagi eng katta kolleksiya sohibi hisoblanadi. Ayni kunlarda Irlandiyaning Shannon shahrida Mayk Kellining shaxsiy ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda. Bu erda 2300 dan ortiq samolyot modellarini ko`rish mumkin. U o`z kolleksiyasini boyitish uchun yiliga 12 ming dollar sarflaydi. Ko`rgazma barcha uchun ochiq. “Men bolaligimda samolyotlarga juda qiziqqanman. Uyim ham aeroport yaqinida joylashgan. Chunki samolyot shovqinini eshitish menga juda yoqadi”, dedi Mayk Kelli.

    Boshqa yangiliklar