Amerikalik prokurorlar o`tgan yil oktyabr oyida Nyu-Yorkda terakt sodir etganlikda ayblanayotgan O`zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov uchun o`lim jazosini talab qilmoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ma`lumotlarga ko`ra, Soipovning aybi isbotlansa, ayblovchi bunday jazoni asosli deb bilishini qayd etgan.
Ilgariroq AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter ijtimoiy tarmog`ida Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi o`lim jazosiga mahkum etilishi kerakligi haqida yozgan edi.
Nyu-Yorkda 2017 yil 31 oktyabr kuni Manxetten tumanining janubi-g`arbiy qismida yuk mashinasi velosiped yo`lakchasiga chiqqan. Haydovchi - o`zbekistonlik Sayfullo Soipov, o`z yo`lida velosipedchilarni bosib bir necha ko`cha bo`ylab harakatlangan. Yuk mashinasi, shuningdek, maktab avtobusiga borib urilgan. Shundan so`ng, haydovchi ko`chaga peyntbol to`pponchasi bilan chiqqan, polisiya xodimlari unga qarata o`q uzishgan va gumonlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Sal keyinroq, Soipovga rasman ayblov e`lon qilingan Nyu-York federal sudida ishtirok etgan, u o`z aybiga iqror bo`lmagan. FBR Soipov ushbu hujumni "Islom davlati" terrorchilik guruhi targ`ibotini tomosha qilgach sodir etgan, deya xabar bergan.






