AsosiyJamiyat

Abiturient DTM xatosini isbotlab berdi va byudjetga o`qishga kirdi

'Abiturient DTM xatosini isbotlab berdi va byudjetga o`qishga kirdi'ning rasmi

Saidazim Siddiqjonov Toshkent tibbiyot akademiyasiga shartnoma asosida qabul qilingan edi, lekin talaba Davlat test markazi bilan “bahslashib”, davlat granti asosida o`qishga o`tkazildi, deb xabar qilmoqda o`quv markazi o`zining G`acebook’dagi sahifasida.

Gap shundaki, test jarayonida kimyo fanidan berilgan savollardan biriga umuman to`g`ri javob varianti keltirilmagan edi. Saidazim Siddiqjonov DTM mutaxassislariga buni isbotlab berdi va uning umumiy baliga 2,9 ball qo`shildi.

Saidazim Siddiqjonov davlat granti asosida o`qishga kirishga 0,9 ball etmay kontraktga o`tib qolgan edi. Endi esa, o`z huquqlari uchun oxirigacha kurashgan talaba, 6 yil davomida davlat granti asosida o`qiydi.

    Boshqa yangiliklar