AsosiyDunyo

Indoneziyada sodir bo`lgan sunami va zilzila qurbonlari soni 1200 nafardan ortdi

'Indoneziyada sodir bo`lgan sunami va zilzila qurbonlari soni 1200 nafardan ortdi'ning rasmi

Indoneziyada yuz bergan zilzilalar va undan keyin yuzaga kelgan sunami sababli qurbon bo`lganlar soni 1,2 mingdan ortdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, 16,7 ming kishi zilzila sababli o`z uylarini tark etgan. 2,4 million kishi esa insonparvarlik yordamiga muhtoj.

Yakshanba kuni Indoneziya prezidenti Joko Vidodo talafot ko`rgan hududlarga imkon darajasida yordam berilishini aytib, o`z xalqini birdamlikka chaqirgan. Uning ko`rsatmasiga binoan odamlarni qidiruv-qutqaruv ishlariga armiya ham jalb qilindi.

Eslatib o`tamiz, Indoneziyaning Sulavesi orolida juma kuni 6,1 va 7.4 balli zilzilalar sodir bo`ldi va undan keyin bir nechta aftershoklar qayd etilgan. Buning oqibatida Palu shahriga balandligi 2 metrgacha etuvchi sunami yopirildi.

Hozirda jahon mamlakatlari Indoneziyaga o`z ko`magini yuborishni boshlashgan. Jumladan, Janubiy Koreya insonparvarlik yordami sifatida 1 million AQSh dollari, Evropa Ittifoqi esa 1,5 million evro miqdorida mablag` ajratishini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar