AsosiyJamiyat

Boysunda shamol elektr stansiyasi quriladi

'Boysunda shamol elektr stansiyasi quriladi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatini 2019-2030 yillarda rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida amalga oshiriladigan yangi loyiha iste`molchilarga arzon va ishonchli elektr energiyasi etkazib beradi. Uni Turkiyaning “ETKO CO ENERJI A.S” kompaniyasi bunyod etadi, deb xabar bermoqda O`zA.

Ayni paytda texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotgan loyihani 2020 yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, tog`li tumanda shamoldan arzon elektr energiyasi olish uchun qulay imkoniyat mavjud. Bu erda 600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`ladigan yirik loyiha foydalanishga topshirilgach, Boysun va Sherobod tumanlaridagi iste`molchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz ta`minlash sifati yanada oshadi, energiya uzilishlariga to`liq chek qo`yiladi. 100 dan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar