Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli va Qonliko`l tumanlari hokimlari o`zgardi, deb xabar bermoqda O`zA.
Xo`jayli tumaniga Qoraqalpog`iston Respublikasi Majburiy ijro byurosi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan Jenis Ermashev, Qonliko`l tumaniga esa Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri lavozimida ishlab kelgan Baxtibay Annaqulov hokim lavozimiga tayinlangan.
Xo`jayli tumanini shu paytgacha Daryabay Qaipov, Qonliko`l tumanini Mels Qosnazarov boshqarib kelgan edi.






