AsosiyDunyo

Facebook 1,6 mlrd. dollar miqdorida jarima to`lashi taxmin qilinmoqda

'Facebook 1,6 mlrd. dollar miqdorida jarima to`lashi taxmin qilinmoqda'ning rasmi

Ma`lumotlarning oshkor bo`lishi tufayli Facebook kompaniyasiga 1,62 mlrd. dollar hisobidagi jarima solinish xavfi bor, deb xabar bermoqda Vesti nashri.

Gap shundaki, o`tgan kunlarda xakerlar tomonidan 50 mln. ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining akkauntlariga hujum bo`lgan bo`lishi taxmin qilinmoqda.

Ta`kidlanishicha, kompaniya xakerlar hujumidan uch kun o`tibgina bildirgi bergan.

Garchi kompaniyadagilar hozirda parol va akkauntlarni almashtirishga hojat yo`qligini aytishayotgan bo`lsa-da, har ehtimolga qarshi, ijtimoiy tarmoqlardagi parollarni almashtirgan ma`qul.

    Boshqa yangiliklar