Braziliyalik yarim himoyachi Kaka karerasini yangitdan boshlashi mumkin, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma`lumotlariga ko`ra, futbolchi Italiyaning uchinchi divizionidagi “Monsa” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Gap shundaki, klub sohibi Silvio Berluskoni Kakadan jamoani V seriyasiga chiqishda yordam berishini so`ragan.
Kaka 2017 yilning dekabr oyida o`z faoliyatini tugatganini e`lon qilgan edi. Oxirgi marta braziliyalik futbolchi “Orlando Siti” (AQSh) klubida to`p surgan edi.
Kaka 2007 yili “Oltin to`p” sohibi bo`lgan.






