Vetnamlik besh yoshli bolakay Le Nguen Bao Trung ikki yoshligida ota-onasi uchun yot-begona bo`lgan tilda so`zlay boshlab hammani tong qoldirdi, deya xabar qilmoqda Rambler nashri.
Hamma Bin deb ataydigan bu bolakay o`z ona tilida emas, balki ingliz tilida so`zlaydi.
Ilk bor tili chiqqanidan beri ingliz tilida so`zlaydigan bolakaydagi bu fenomen hozircha noma`lumligicha qolmoqda. Shu asnoda bolakay ingliz tilida bemalol so`zlashadi, yozadi va mutolaa qiladi. O`z ona tilini esa, yaqinlari bilan muloqot qilishi uchun, sinchiklab qunt bilan o`rganishiga to`g`ri kelmoqda.






