Qozog`istonning janubidan bo`lgan etmish yashar ayol mana 35 yildirki, soqol bilan yashaydi va yuziga biron marta tig` tekizmagan, deb yozmoqda Sputnik.
Tanishlari hurmat bilan "Muxtabar opa", deb chaqiradigan bu ayol ko`p farzandli oilada tavallud topgan. Uning so`zlariga ko`ra, ayol yuzidagi mo`ylar allaqanday g`ayritabiiy holat emas - soqol uning onasida, buvisida va hatto tug`ishgan opasida ham bo`lgan.

"Soqol 34-35 yoshimda o`sishni boshlagan. Bu vaqtga kelib, turmushga chiqqan edim, o`g`lim va qizim bor edi", — deydi Muxtabar. — "Turmush o`rtog`im men bilan xamisha faxrlangan. Bunday ayol hech kimda yo`q, deya aytardi doim".
"Menda soqol paydo bo`lgach, u bunga g`alati bir narsaga qaragandek qaragani yo`q. Aksincha, uni parvarishlar kerakligini, axir bu Alloh ne`mati ekanligini aytardi. Erim qo`llab-quvvatlar ekan, nimadan qo`rqaman? U hatto xotini mashhur bo`lib ketganidan quvondi ham", - deb qo`shimcha qiladi Muxtabar.

Muxtabar Toraeva mana 35 yildirki soqolli ayol hisoblanadi. Ushbu yillar davomida u biron marotaba yuziga tig` tekkizmagan: ramazon ro`zasidagi iftorliklarning birida bir keksaroq ayol uning yoniga kelib, soqolni hech qachon qirish kerak emasligini uqdirgan.
"U menga agar qirtishlasam, kasal bo`lib qolishimni aytdi. U menga sen boshqachasan, deb aytdi. Avlodimizda odamlarni davolash xususiyatiga ega odamlar bo`lgan. Haqiqatdan ham, bobomning otasi taniqli mo`lla bo`lgan va odamlarni davolagan", - deb esga oladi Muxtabar.

Ayolning aytishicha, u qiziqsinab boqadigan qarashlar va savollarga o`rganib ketgan.
"Qudamdan kunlarning birida, kechalari erkakka aylanmasligim haqida so`rashgan. Biz o`shanda miriqib kulganmiz. Ha, shunaqa voqealar ham bo`lib turadi, ayniqsa, odam gavjum joylarga borsam", - deb esga oladi Muxtabar.

O`z ona qishlog`ida soqolli ayolga hurmat bilan munosabatda bo`ladilar. Muxtabarni ba`zan qozoq milliy urf-odatlarini bajarishga taklif etishadi. Ayoldan oq fotiha istab keladiganlar ham juda ko`p.






