Samarqand viloyat, Ishtixon tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida paxta terimiga ketayotgan 3 ayol halok bo`ldi. Hodisada tan jarohati olgan to`rtinchi ayol Ishtixon tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.
YTH 29 sentyabr, tonggi 06:45 da M-37 magistralida sodir bo`lgan. Haydovchisi uxlab qolgan Damas avtomashinasi yo`l chetida paxta terimiga ketayotgan to`rt nafar ayolni urib yuborgan.
Xabar qilinishicha, halok bo`lganlar Jo`ra Mahmudov mahalla fuqarolari yig`ini hududida yashab kelgan 1961 yilda tug`ilgan, 3 nafar farzandning onasi, nafaqaxo`r M.M., 1972 yilda tug`ilgan, 3 nafar farzandning onasi, vaqtincha ishsiz M.N., 1991 yilda tug`ilgan, ishsiz, 1 bolali A.M. lardir.
Tan jarohati olgan ayol 1999 yilda tug`ilgan, 9 avgust kuni turmushga chiqqan D. T. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Voqea yuzasidan Ishtixon tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.