Fransiya poytaxti Parij ko`chalarida an`anaviy avtoshou bo`lib o`tdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Tadbir doirasida shaharning markaziy ko`chalari bo`ylab 200 dan ortiq klassik avtomobillar yurib o`tdi. Avtomobillarning barchasi fransuz avtosanoati namunalaridir. Ular orasida motosikllar xam bor. Mazkur avtoshou doirasida Fransiya avtosanoatining 120 yilligi ham nishonlandi.






