Ispaniyada turli namoyishlar bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi RIA novosti.
Masalan Barselonada mustaqillik referendumining bir yilligi munosabati bilan namoyishlar kuzatilayotgan bo`lsa, Madrid, Seviliya, Valensiya va boshqa bir qator shaharlarda 1 oktyabrdan boshlab, pensionerlar hukumatdan pensiya pulini oshirishni talab qilishmoqda. Mazkur talab bilan joriy yilning mart oyida ham mitinglar bo`lib o`tgan edi. Barselonadagi vaziyat esa tobora taranglashib bormoqda. Polisiya odamlarni tarqatishga urinmoqda. Biroq 180 mingga yaqin olomonga kuchi etmayapti.






