AsosiyJamiyat

Gulnora Karimovaning qaerda ekanligi ma`lum bo`ldi

'Gulnora Karimovaning qaerda ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo o`tamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O`zbekiston Bosh prokuraturasiga asosan.

Dushanba kuni, Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova, Toshkentdan Londonga uchib ketganidan so`ng, o`zining instagramdagi sahifasida "Onam endi uyda" degan xabarni qoldirgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng OAV vakili O`zbekiston Bosh prokuraturasi bilan bog`lanib ushbu xabarga izoh berishni so`ragan.

"Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo o`tamoqda", - deb xabar qildi O`zbekiston Bosh Prokuraturasi vakili axborot agentligiga.

Eslatib o`tamiz, Gulnora Karimova O`zbekiston 2015 yilning avgust oyida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga mahkum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar