O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to`g`risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qonunga muvofiq, 5 aprel — Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi.
Eslatib o`tamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda ma`qullangan edi.
Mazkur qonun rasmiy e`lon qilingan kun, 3 oktyabrdan e`tiboran kuchga kiradi.






