Xabaringiz bor, avvalroq, Birinchi Prezidentning nevarasi Imon Karimovaning 28 sentyabrda Toshkentdan Londonga uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
Keyinroq u onasi Gulnora Karimova uyda ekanligi haqida ma`lum qildi.
"Mening ikki og`iz gapim bu qadar OAV vakillarining e`tiborini tortadi deb uylamagan edim... Bundan hayratga tushdim. Biz faqat o`z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamaymiz. Shu yillar mobaynida boshimizdan o`tgan barcha dahshatli voqealarni eslashni xohlamaymiz...", - deb yozuv qoldirdi Gulnora Karimovaning qizi Imon o`zining instagram’dagi sahifasida.

"Gulnora Karimova qonunda belgilangan tartibda jazo o`tamoqda", - deb xabar qildi O`zbekiston Bosh Prokuratura.
Eslatib o`tamiz, Gulnora Karimova O`zbekiston 2015 yilning avgust oyida bir qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 5 yilga ozodlikni cheklash jazosiga mahkum qilingan edi.






