AsosiyJamiyat

Andijonda baxtsiz hodisa tufayli mashinist yordamchisi vafot etdi

'Andijonda baxtsiz hodisa tufayli mashinist yordamchisi vafot etdi'ning rasmi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`limi boshlig`i M.A.Rahxmonovning xabar qilishicha Asaka tumani xududida joylashgan Axtachi temir yo`l bekatida baxtsiz hodisa yuz bergan, deb yozmoqda "Andijonnoma" gazetasi.

Natijada “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Qo`qon” lokomotiv deposi Andijon filiali mashinist yordamchisi B.D. voqea joyida vafot etgan.

Ushbu hodisa 2018 yilning 27 sentyabr kuni kech soat soat 01:00 lar chamasida xodimning Asaka tumanidagi Axtachi temir yo`l bekatida xizmat olib borayotgan vaqtda, ya`ni teplovoz tepasidagi suvni ko`rish maqsadida uning tepasiga chiqqan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishli elektr tokiga tegib ketishi va tok urishi natijasida yuz bergan.

Mazkur xolat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar